O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi yuqordagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar - kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi - oltin rangida; g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy - yashil rangda; chanoqlardagi paxta - oq rangda; lenta - O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak - oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar - oq rangida tasvirlangan.
"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida" gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi. Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda u qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o'n ikki yulduzga bo'lgan e'tiborimiz O'zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog'imizdagi 12 yulduz tasvirini o'zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o'z tuprog'ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
The central base of material and technical supply of the National Guard of the Republic of Uzbekistan announces
08-04-2020Paramilitary units
Paramilitary units are freely hired members of the National Guard's security unit who have the right to use physical force, firearms, and special equipment in the performance of official duties in the manner prescribed by law.
31-05-2021
Employees of the Main directorate of protection
a structural unit consisting of personnel of the National Guard service, the legal status equated to an employee of the Internal affairs, having a special rank, uniform clothing of the specified sample, and the right to apply physical force, guns, and special means in the manner established by the legislation during the performance of the service duty.
29-05-2021
OFFICIAL WEB-SITE OF THE PRESIDENT OF UZBEKISTAN
go to the websiteVIRTUAL RECEPTION OF THE PRESIDENT OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
go to the websiteNATIONAL DATABASE OF LEGISLATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
go to the websiteTHE SINGLE PORTAL OF INTERACTIVE STATE SERVICES
go to the websiteTHE GOVERNMENT PORTAL OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
go to the websiteOPEN DATA PORTAL OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
go to the website